Tokio-2020. Braziliya finalda Ispaniya mag‘lubiyatga uchratib, oltin medallarni qo‘lga kiritdi

  • 7 avgust, 2021, 19:10
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaponiyada “Tokio-2020” Olimpiadasining erkaklar o‘rtasidagi futbol musobaqalarida final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Hal qiluvchi bahsda Ispaniya va Braziliya terma jamoalari oltin medallar uchun maydonga tushdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan uchrashuvda  braziliyalik Mateus Kunya hisobni ochdi. "Qizil furiya" vakili Mikel Oyarsabal ikkinchi bo‘limda muvozanatni tikladi.

Bellashuvning asosiy vaqti durang bilan tugagach, qo‘shimcha taymlarga murojaat qilindi. 108-daqiqada Malkom darvozani ishg‘ol etib, jamoasiga g‘alaba olib keldi. Natijada Braziliya Tokio-2020da oltin medallarga ega chiqdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!