Tokio-2020 ga yo‘llanma beruvchi yana bir litsenzion turnir qoldirildi

  • 09.03.2020 16:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Para atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Xalqaro Gran-prida ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘nab ketishgan edi.

Biroq, barchani birdek tashvishga solayotgan koronavirus epidemiyasi sabab 14-17 mart kunlari Dubayda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan ushbu musobaqa ham bekor qilindi.

Aytish kerakki bu Para atletikachilar uchun Tokio-2020 ga yo‘llanma beruvchi so‘nggi litsenzion musobaqa edi.

Hozircha Gran-prining qachon va qaerda o‘tkazilishi noma’lum.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!