
Tokio-2020. Mo‘minjon Abdullaevning navbatdagi raqibi ma’lum
Hozirgina yana bir klassik kurashchimiz Mo‘minjon Abdullaev (130 kg) Tokio-2020 Olimpiadasi doirasidagi o‘z uchrashuvini o‘tkazdi. Hamyurtimiz birinchi davrada estoniyalik Artur Vitininga qarshi gilamga chiqdi.
Tajriba bobida ustun bo‘lgan raqibimiz ushbu bahsni o‘z foydasiga hal qilish uchun atigi 31 soniya sarfladi xolos. Yakuniy hisob 8:0. Endi Abdullaev keyingi davrada chililik Yasmani Fernandes bilan kurashadi.
Vakillarimizning chiqishlarini SPORTS.uz saytida onlayn kuzatib boring!
Fikrlar