"Tokio-2020". O‘zbekistonlik sportchilardan faqatgina bir nafar vakil qoldi yoxud Bahodir Jalolov ertaga finalda jang qiladi

  • 7 avgust, 2021, 19:36
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Super og‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov "Tokio-2020" finaliga yo‘l olganidan xabaringiz bor.

Hamyurtimizga oltin medal uchun kechadigan bahsda AQSh vakili Richard Torres raqiblik qiladi. Ushbu jang 8 avgust kuni, Toshkent vaqti bilan 11:15da start olishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, ushbu vazn toifasidagi amaldagi Olimpiada chempioni Toni Yoka hisoblanadi. Frantsiyalik bokschi Riodagi finalda Buyuk Britaniya sharafini himoya qiluvchi Jozef Joys ustidan g‘alaba qozongandi. Jalolov esa, xuddi shu sportchiga chorak finalda mag‘lub bo‘lgan.

Shuni qayd etish kerakki, Bahodir Jalolovdan tashqari "Tokio-2020"da qatnashgan barcha sportchilarimiz ishtirokini yakunlagan. Ertaga O‘zbekiston bayroqdori terma jamoamiz safiga oltin medalni qo‘shib qo‘yishiga tilakdoshmiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
07/08/2021 22:06
Эртага насиб бўлса Токиода ютримиз байроғи баланд кўтарилиб, мадҳиямиз янграшига тилакдошмиз. Баходирга фақат ОМАДЛАР ТИЛАБ ҚОЛАМИЗ.
O‘ktam Tolibov
07/08/2021 20:46
Inshaalloh