
Tokio katta dubulg‘a musobaqasi nihoyasiga etdi
Yaponiyaning Tokio shahrida dzyudo bo‘yicha 2-4 dekabr kunlari o‘tkazilgan Tokio katta dubulg‘a musobaqasi o‘z nihoyasiga etdi.
Dunyoning 41 mamlakatidan kelgan 286 nafar sportchi ishtirok etgan ushbu turnirda mamlakatimizdan 9 nafar sportchi ishtirok etdi.
Xususan, -73 kilogramm vaznda G‘iyosjon Boboev bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasida -60 kilogramm vazn toifasida Muhriddin Tilovov, qizlar o‘rtasida -52 kilogramm vaznda Diyora Keldiyorova va -70 kilogramm og‘irlikda Gulnoza Matniyozovalar 7-o‘rinni band etishdi.
Fikrlar