Tokio Olimpiadasi Tashkiliy qo‘mitasi COVID-xavfsizlik qo‘llanmasini taqdim etdi

  • 5 fevral, 2021, 10:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi, Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi va “Tokio-2020” Tashkiliy qo‘mitasi shu yil yozda Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari uchun birinchi COVID-xavfsizlik qo‘llanmasi jamlanmasini taqdim etdi. Bu haqda XOQ saytida ma’lum qilindi.

Sportchilar Olimpiya o‘yinlarida smartfonlar uchun ilovadan foydalanib, uning yordamida o‘z salomatliklari haqida hisob berib borishlari kerak bo‘ladi. Musobaqa qatnashchilariga qo‘l berib so‘rashishdan qochish, shuningdek sport inshootlari tashqarisida ikki metrlik ijtimoiy masofani saqlash belgilab qo‘yilmoqda. Shu bilan birga sportchilarning musobaqalarda tomoshabin sifatida bo‘lishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, tribunaga kelgan muxlislar sportchilarni faqat qarsaklar orqali qo‘llab-quvvatlashi mumkin bo‘ladi. Yaponiyaga yo‘l olishlaridan ikki hafta oldin sportchilar tashkilotchilarga koronavirusga salbiy test natijasini topshirishlari kerak bo‘ladi. Ular bu mamlakatga kelganlaridan keyin ham qayta test topshiradilar.

Bu qoidalar tushuntirib va to‘ldirib boriladi. Hujjatning navbatdagi yangisi aprel oyida e’lon qilinadi.

Bu boradagi qo‘llanma bilan to‘liq tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting: QO‘LLANMA 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!