Tokiodagi Olimpiya stadionining ochilishiga Useyn Bolt keladi

  • 19 dekabr, 2019, 11:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Taniqli me’mor Kengo Kuma dizayni ostida qurib bitkazilgan ko‘rkam sport arenasining Tokio aholisi uchun ochilish marosimi 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu tantanada jonli musiqa, yapon an’analarining namoyishlari va boshqa maxsus tadbirlar aks etadi. Shuningdek, ushbu tadbirda qisqa masofalarga yugurish bo‘yicha Olimpiada va jahon rekordchisi sifatida butun dunyoga tanilgan yamaykalik Useyn Boltning tashrifi ham kutilmoqda.

Tecno

Olimpiya stadioni qabul qiladigan birinchi sport tadbiri Yaponiya Imperator kubogining final o‘yini bo‘ladi. Arena 2020 yilning 1 yanvarida bo‘lib o‘tadigan kubokning hal qiluvchi bahsiga mezbonlik qiladi.

Paralimpiya o‘yinlari davomida stadionda ochilish va yopilish marosimlari hamda para atletika musobaqalari o‘tkaziladi. 68,000 kishilik sig‘imga ega Olimpiya stadioni o‘yinlarning tomoshabinlarida unutilmas taassurot qoldiradi va ularda unutilmas xotiralar bilan qoldiradi. Unda to‘qqiz qatorli yugurish yo’lakchasi, ikkita ulkan ekran va zamonaviy Wi-Fi tarmog‘i mavjud.

Stadion fasadi Yaponiyaning 47 prefekturasidan olib kelingan ko‘p qavatli yog‘och bo‘laklaridan iborat bo‘lib, majmuaning tomi po‘lat ustunlar va laminat taxtalardan bunyod etilgan. Umuman olganda, stadion hududida 47 mingdan ortiq o‘rta va kichik daraxtlar ekilgan.

Bundan tashqari, robotlar nogironlar aravachasidagi tomoshabinlarga oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar olib yurish, ularni joylariga olib borish va voqealar haqida ma’lumot berish orqali yordam beradi.

Stadionning qurilishi 2016 yil 1 dekabrda boshlanib, 2019 yil 30 noyabrda yakunlandi, jarayonning turli bosqichlarida 1,5 milliondan ortiq ishchi ishtirok etdi.

Uning qurilishi uchun rejalashtirilgan 159 mlrd iena (1.45 mlrd AQSh dollari) byudjetdan 156.9 mlrd iena (1.43 mlrd AQSh dollari) sarflandi.

Eslatib o‘tamiz, Toki mezbonlik qiladigan Paralimpiya o‘yinlari 2020 yil 25 avgustdan 6 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!