Tomas Bax XOQ prezidentligiga saylovda yagona nomzod bo‘ladi

  • 5 dekabr, 2020, 02:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

1 dekabr kuni Xalqaro olimpiya qo‘mitasi a’zolariga tashkilot prezidenti saylovi muqobil bo‘lmagan asosda o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berildi. XOQning amaldagi rahbari Tomas Bax ushbu lavozimga da’vogarlik qilmoqda. Ovoz berish keyingi yil mart oyida bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Qilichbozlik bo‘yicha 1976 yilgi Olimpiya chempioni Tomas Bax 2013 yil 10 sentyabrda Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tgan XOQning 125-sessiyasida Xalqaro olimpiya qo‘mitasining prezidenti etib saylangan edi. U joriy yil yoz oyida navbatdagi 4 yillik muddat uchun saylovlarda qatnashish niyati borligini ma’lum qilgandi. Nomzodlarni ko‘rsatish muddati 30 noyabrda yakunlandi. Tashkilotning amaldagi rahbaridan boshqa biron bir da’vogar ro‘yxatdan o‘tkazilmagan.

Prezidentlik saylovlari XOQning 2021 yil 10-12 mart kunlari Afinada bo‘lib o‘tadigan 137-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Koronavirus pandemiyasi sababli onlayn tarzda o‘tkazilgan avvalgi shunga o‘xshash tadbirdan farqli o‘laroq, delegatlar Gretsiya poytaxtidagi uchrashuvlarda shaxsan ishtirok etishlari mumkinligi taxmin qilinmoqda. Ammo sessiya yana virtual rejimda tashkil etilishi ham istisno qilinayotgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!