Tomas Myuller Germaniya kubogida oldingi rekordni takrorladi

  • 20.10.2022 07:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

“Bavariya” hujumchisi Tomas Myuller Germaniya kubogida rekordni takrorladi.

"Augsburg"ga qarshi o‘yinda (5:2) germaniyalik futbolchi 80-daqiqada Jamol Musiala o‘rniga maydonga tushdi. Ushbu bahs 33 yoshli Tomas uchun faoliyatidagi Germaniya kubogidagi 52-g‘alabali o‘yin bo‘ldi. Sobiq futbolchi Miroslav Votava ham o‘z vaqtida shunday natijaga erisha olgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, uchrashuvning 91-daqiqasida Tomas Myuller Alfonso Devisga golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!