Tomas Myuller: "Messi Jahon chempionatida ishtirok etsa, qiziq bo‘ladi"
"Vankuver Uaytkeps" yarim himoyachisi Tomas Myuller Argentina yulduzi Lionel Messining 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
"Menimcha, u o‘sha turnirda ishtirok etsa, qiziq bo‘ladi. Albatta, bu jamoaning butun balansini o‘zgartishi mumkin – yomonga yoki yaxshiga.
U MLS finalida to‘pni olganda haqiqatan ham portlab ketardi, kerakli joylarda yurardi va ko‘p imkoniyatlar yaratardi", – dedi Myuller "Magenta TV" bilan suhbatda.
Fikrlar