Tomas Tuxel: "Umid qilamanki, Serbiya – Angliya o‘yini tinch o‘tadi"

  • 9 sentabr, 14:45
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun JCh–2026 saralashidan o‘rin olgan Serbiya – Angliya uchrashuvi Belgradda bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Men bu masalada futbolchilar bilan suhbatlashmadim, ammo Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) vakillari biz bilan gaplashishdi. Biz vaziyatdan xabardormiz. Shunga qaramay, men doim yaxshi tomonga ishonaman.

Ishonchim komilki, bu yuqori darajadagi sport raqobati bo‘ladi va biz futboldan haqiqiy zavq olamiz.

Biz protokollar haqida bilamiz, lekin men bu mavzuga ortiqcha e’tibor qaratmoqchi emasman. Chunki men o‘yin va sport go‘zalligiga, shuningdek, bahs hurmat bilan va emotsiyalarga boy tarzda o‘tishiga ishonaman", - deya ta’rif berib o‘tdi Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!