
Toni Fergyuson va Konor Makgregordan qaysi biri kuchli? Chendler javob berdi
UFCning engil vazn (70.3 kg) toifasida o‘z janglarini o‘tkazayotgan, sobiq "Bellator" chempioni Maykl Chendler divizionning ikki mashhur yulduzi Konor Makgregor hamda Toni Fergyuson haqida fikr bildirdi.
“Toni katta boshqotirmaga aylanishi mumkin, sababi uning jang mobaynidagi harakatlari borasida avvaldan biror fikr bildirish qiyin.
Bu bilan Konorning uslubi oldindan ma’lum demoqchi emasman, u juda yaxshi jangchi. Shunchaki, Makgregor ishtirokidagi janglarni kuzatsangiz, juda ko‘p o‘xshashliklarni payqaysiz.
Toniga keladigan bo‘lsak, u so‘nggi vaqtlarda o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotib qo‘ygandek taassurot uyg‘otmoqda, ammo chidam borasida u hech qachon pand bermaydi”, — deydi Chendler.
Fikrlar