Toni Kroos: "Barselona" Evropadagi eng jozibali o‘yin uslubiga ega jamoa"

  • 07.10.2025 14:42
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Sobiq "Real Madrid" yarim himoyachisi Toni Kroos "Barselona"ning o‘yin uslubini yuqori baholadi.

"Barselona" Evropadagi eng jozibali o‘yin uslublaridan biriga ega. Hatto, balki eng jozibalisi desa ham bo‘ladi.

Biroq ular juda xavfli uslubda o‘ynashadi, chunki Yamal, Pedri yoki Rafinya uchun yomon kun bo‘lsa, har qanday jamoa ularga jiddiy muammo tug‘dirishi va Chempionlar ligasidan chiqarib yuborishi mumkin.

O‘tgan mavsumda bu holat "Inter"ga qarshi yarim finalda sodir bo‘lgandi. Bu mavsumda ham shunday vaziyat takrorlanishi ehtimoli bor.

Bir payt kelib, "Barselona" shunday raqibga duch keladi. Ammo La Ligada bunday bo‘lmaydi, chunki chempionatda ular mutlaqo ustun", — deya ta’rif berib o‘tdi germaniyalik xavbek.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!