Toni Kroos faoliyatini qachon yakunlashini aytdi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Toni Kroos qachon faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida gapirib o‘tdi.
“Men aniq 38 yoshgacha futbol o‘ynaydiganlardan emasman. Mening “Real” bilan tuzgan shartnomam yana 3,5 yildan so‘ng yakunlanadi. U paytga kelib esa men 33 yoshda bo‘laman. Bu shartnomalarsiz yashashni boshlash uchun eng yaxshi yosh. O‘sha payt kelsa, bilingki faoliyatimni yakunlashimga oz fursat qolgan bo‘ladi”, - deydi germaniyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli Kroos “Real” safiga 2014 yil “Bavariya”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar