
Toni Kroos faoliyatini qaerda yakunlashini aniq aytdi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos futbolchilik faoliyatini yakunlash rejalari haqida gapirdi.
"Faoliyatimni "Real"da yakunlamoqchiman va buni amalga oshiraman. Shartnomamning yakunlanish muddatini (2023 yil) o‘zim tanlaganman. Men o‘shanda 33 yoshda bo‘laman va bu keyingi rejalar haqida mulohaza yuritib olishim uchun eng yaxshi yosh.
Ko‘ramiz, hammasi 2023 yilda sodir bo‘ladimi yoki bir-ikki yildan keyinmi, lekin men faoliyatimni albatta Madridda yakunlayman. Hozir butun e’tiborimni "Real"ga qaratganman”, - dedi germaniyalik futbolchi.
Yarim himoyachi avvalroq Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlab, bor etiborini «Real»ga qaratishini ma’lum qilgan edi.
Fikrlar