Toni Kroos ham PSJni chempionlik bilan tabrikladi!

  • 01.06.2025 12:42
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Germaniya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Toni Kroos UEFA Chempionlar ligasi finalida PSJning Milanning "Inter" klubi ustidan qozongan g‘alabasi haqida o‘z fikrini bildirdi. 
 
"Jamoaning haqiqiy jamoa bo‘lib qolayotganini ko‘rib xursand bo‘ldim. PSJning ajoyib bosh murabbiyi bor. Tabriklarim" - deya nemis futbolchi o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida yozib qoldirdi. 
 
Ta’kidlash joizki, Parij grandi tarixda ilk bor Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi. Nufuzli turnirning final uchrashuvida Ashraf Hakimi, Xvicha Kvaratsxeliya, Senni Mayulu va ikki gol urgan Dezayr Due o‘z gollari bilan ajralib turdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!