Toni Kroos: “U “Real” uchun qiyin kechayotgan mavsumda jamoani tortyapti”

  • 07.04.2026 17:59
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real Madrid” afsonasi Toni Kroos madridliklar yarim himoyachisi Federiko Valverdening joriy mavsumdagi oʻyinini baholadi.

"Real" uchun qiyin kechayotgan bu mavsumda Fede jamoani oʻz elkasida torta oldi. Uning uchun ham hammasi ideal emasdi, lekin uning erishgan tempi ham, "Manchester Siti" ga qarshi koʻrsatgan oʻyini ham tasodif emas, chunki u nafaqat sifat, balki toʻgʻri mentalitetga ega yigit. Ōshandan beri u maydonda porlamoqda. Fedening hozirgi darajasi aql bovar qilmaydigan darajada. Umid qilamanki, bu uzoq davom etadi”, - deya Kroosning soʻzlarini keltirdi ESPN.

Eslatib oʻtamiz, Valverde bu mavsumda barcha musobaqalarda 42 ta oʻyinda maydonga tushib, 8 ta gol va 12 ta asist qayd etdi.

Bugun, 7 aprel sanasida “Real” Myunxenning “Bavariya” klubiga qarshi Chempionlar Ligasini 1/4 bosqichi doirasida maydonga tushadi. Uchrashuv “Santyago Bernabeu” stadionida boʻlib oʻtadi.

Abduvaliev Azizbek

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!