"Top-5" chempionatlarda Mxitaryanga etadigan yarim himoyachi topilmayapti

  • 18.12.2020 09:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Roma" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan kecha A Seriyaning 12-turida “Torino” darvozasini ishg‘ol etdi. Shu tariqa, armanistonlik futbolchi o‘zining joriy mavsum Italiya chempionatidagi “gol+pas” tizimi bo‘yicha ochkolari sonini 12 taga (7 ta gol, 5 ta assist) etkazib oldi.

E’tiborlisi, Mxitaryanning bu natijasi hozircha Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida to‘p surayotgan yarim himoyachilar orasida eng yaxshisi bo‘lib turibdi.

Mxitaryan 2019 yildan buyon “Roma” safida  o‘ynamoqda. O‘tgan davr mobaynida, u A Seriyada jami 16 ta gol hamda 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!