“Top-5” liga klubi Fayzullaev transferini tezroq yakunlamoqchi
Frantsiyaning “Strasburg” rahbariyati yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullaevni oʻz safiga qoʻshib olishni maqsad qilgan.
“Rasing Strasburg” klubi yozgi transfer kampaniyasini davom ettirmoqda. Klub yangi futbolchilarni izlash jarayonida, ayniqsa, hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasi uchun qiziqarli nomzodga eʼtibor qaratdi.
L1 radiosi xabariga koʻra, Elzas viloyati klubi ningAbbosbek Fayzullaevga qiziqishi juda jiddiy.
22 yoshli oʻng qanot vingeri ayni paytda Turkiyaning “Bashakshеhir” klubida muvaffaqiyatli toʻp tepmokda. “Strasburg” rahbariyati oʻzbekistonlik futbolchining transferini amalga oshirish boʻyicha muzokaralarni tezlashtirishga intilmoqda.
Frantsiyaning transferlarga ixtisoslashgan nufuzli nashri – les-transferts.com portali ham ushbu klubning Abbosbek Fayzullaevga transferiga eʼtibor qaratayotganini tasdiqladi.
- Abbosbek Fayzullaev 22 yoshidayoq xalqaro miqyosda katta tajriba toʻplashga ulgurgan. U O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 35 ta uchrashuv oʻtkazib, 9 ta gol urgan.
Uning texnik mahorati “Strasburg” hujumiga yanada koʻproq ijodkorlik olib kirishi mumkin. Fayzullaev asosan oʻng qanotda harakat qiladi. Uning raqib himoyachilarini aldab oʻtish va golli vaziyatlar yaratish mahorati ham muhim afzalliklaridan biri hisoblanadi.
Shu tariqa, “Rasing Strasburg” uning yoshligi va yuqori salohiyatidan foydalanishi mumkin.
Biroq, “Strasburg” rahbariyati uchun vaziyat oson emas. Abbosbek Fayzullaevning “Bashakshеhir” bilan shartnomasi 2030 yilning iyunigacha amal qiladi. Shu bois Turkiya klubi muzokaralarda juda kuchli pozitsiyaga ega.
Frantsiya klubi futbolchining transferini amalga oshirish uchun, ehtimol, “Bashakshеhir”ni qanoatlantiradigan jiddiy taklif bilan chiqishiga toʻgʻri keladi.
Fayzullaev joriy mavsumda oʻz klubi safida allaqachon uchta uchrashuvda maydonga tushdi. Shuningdek, yangi mavsum boshlanganidan beri bitta golli uzatmani oʻz hisobiga yozib qoʻydi.
Soʻnggi xabarlarga koʻra, “Rasing Strasburg” rahbariyati bu borada muayyan qadamlarni tashlashni boshlagan. Elzas viloyati klubi Sirdaryo viloyatida tugʻilgan futbolchini oʻz safiga jalb qilish uchun dastlabki harakatlarni amalga oshirmoqda.
Muzokaralarning tezlashtirilayotgani “Strasburg”ning yosh oʻzbek vingergiga boʻlgan qiziqishi jiddiy ekanini koʻrsatadi. Klub transfer oynasi yopilguniga qadar hujum chizigʻini kuchaytirishga qatʼiy bel bogʻlagan.
Fayzullaev bilan bogʻliq vaziyat tez orada yangi bosqichga chiqishi mumkin. Kelgusi muzokaralar ushbu transfer ehtimolining taqdirini hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi, - deb yozmoqda les-transferts.com portali jurnalisti Yoxan Boden.
Ronald: Husanov yurtdoshlarining bilan ikki marta oʻynayman!
Uchrashuv kuni va joyi aniq! Rossiya O‘zbekiston bilan oʻyinni kutyapti

Fikrlar