Torres ("Inter"ga qarshi o‘yin haqida): “Biz munosib o‘ynadik, kelajakda albatta o‘z maqsadimizga etamiz”
"Barselona" yarim finalda "Inter"ga mag‘lub bo‘lib, Chempionlar ligasini tark etdi (jami hisob – 6:7). Ushbu natijadan so‘ng jamoa hujumchisi Ferran Torres o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
— Chempionlar ligasidan chiqib ketishni qanday baholaysiz?
— Hozir, vaqt o‘tgach, menda ijobiy kayfiyat paydo bo‘ldi. Biz keyingi bosqichga o‘tishga munosib edik. Eng qiyin vazifani — qaytib o‘ynashni uddaladik. Lekin ba’zan futbol shunday bo‘ladi. Bizda yosh jamoa bor va men ishonamanki, kelajakda yangi imkoniyatlar bo‘ladi va biz maqsadimizga etamiz.
— Finalga chiqishga juda yaqin bo‘lganingiz uchun bu haqda ko‘p o‘yladingizmi?
— Biz hammasiga harakat qildik. Endi esa e’tiborimizni navbatdagi muhim o‘yinga — La Ligani taqdirini hal qiluvchi "Klasiko"ga qaratishimiz kerak.
— "Inter"ga qarshi o‘yindagi hakamlik haqida nima deysiz?
— Bu haqda eslamaslikni afzal bilardim. Murabbiy va jamoadoshlarim bu haqda etarlicha gapirdi, — deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik hujumchi.
Ma’lumot o‘rnida, 25 yoshli futbolchi joriy mavsum 44 ta bellashuvda ishtirok etib, 19 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar