
Torres hamda Savich 12 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin
Ferran Torres va Stefan Savich janjallashgani uchun 12 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
"Barselona" hamda "Atletiko" (1:0) La Liga 16-turida o‘zaro kuch sinashdi. O‘yinning 92-daqiqasida Xose Munuero Montero Torres hamda Savich duelidan so‘ng ularga qizil kartochka ko‘rsatdi.
Futbolchilar uzoq muddatli chetlashtirish jazosiga duch kelishi mumkin. Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi vaziyatni o‘rganmoqda.
Agar Ferran hamda Stefanning xatti-harakatlari agressivlik deb baholansa, ularning diskvalifikatsiyasi 4-12 uchrashuvga cho‘zilishi kutilyapti. Voqea o‘yinda uchrab turadigan epizod sifatida ko‘rilsa, ular uzog‘i bilan 3 bahsni o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar