Torres uchun "Liverpul" va "Barselona" kurash boshladi

  • 30.10.2019 21:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" va "Barselona" klublari "Valensiya" yarim himoyachisi Ferran Torresga jiddiy qiziqish bildira boshlashdi.

Sport Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar ham, mersisaydliklar ham 19 yoshli ispaniyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida sotib olishni rejalashtirishmoqda. O‘z navbatida “ko‘rshapalaklar” ham shartnoma muddati tugashiga bor yo‘g‘i 1,5 yil qolgani bois Torresni sotib yuborishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Torres “Valensiya” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U hozirgacha ushbu jamoada 63 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!