To‘rt futbolchi bir kunda “o‘rmon”ga keldi
Yozgi transfer oynasining oxirgi kunida “Nottingem Forest” birdaniga to‘rt transferni uddaladi.
“O‘rmonchilar” o‘z safiga hujumchi Divok Origi, darvozabon Odisseas Vlaxodimos, yarim himoyachi Ibrohim Sangare va himoyachi Endryu Omobamideleni qo‘shib oldi.
Origi “Milan”dan ijaraga olindi va yana faoliyatini APLda davom ettiradigan bo‘ldi. “Nottingem” mavsum oxirida uni to‘liq transfer qilishi mumkin.
“Benfika” 9 million evro evaziga o‘z darvozaboni Vlaxodimosni Angliyaga qo‘yib yubordi. Sangare uchun “o‘rmonchilar” 30 million evro xarajat qilishiga to‘g‘ri keldi. Omobamidele esa 23 million evroga transfer qilindi.
Fikrlar