Toshkent bugun super turnirga mezbonlik qiladi!
Bugun soat 18:00 da Toshkent shahridagi "Humo arena" majmuasida Professional Kurash Ligasi — "PWL 11" turniri bo‘lib o‘tadi.
Oqshomning markaziy to‘qnashuvida hamyurtimiz, amaldagi jahon chempioni Aytjan Halmaxanov kubalik Orta Sanchezga qarshi kurash olib boradi.
Shuningdek, ushbu kechada Razambek Jamolov, Laylo Sobirova va boshqa bir qator sportchilarimiz ishtirok etishi belgilangan. Quyida to‘liq kard bilan tanishib chiqishingiz mumkin.


Fikrlar