
Toshkent IBSA Gran-prisi. Paradzyudochilarimiz "Humo Arena"da 2 ta oltin va 1 ta kumush medalga sazovor bo‘lishdi
Xabaringiz bor bugun “Humo arena”da paradzyudo bo‘yicha IBSA Gran-prisi boshlandi. Soat 17:00 dan boshlab musobaqaning final bellashuvlariga start berildi.
Medallar uchun kechgan ilk kungi bellashuvlarda 2 nafar hamyurtimiz bronza medali uchun, 3 nafari esa oltin medal uchun tatamiga chiqdi. Ular yakunda 2 ta oltin va 1 ta kumush medalga sazovor bo‘lishdi.
-48 kg (bronza medali uchun) ayollar
Lobar Hurramova (O‘zbekiston)
Shaxina Xajieva (Ozarbayjon)
***
-52 kg (bronza medali uchun) ayollar
Sherine Abdulla (Jazoir)
Sevinch Salaeva (O‘zbekiston)
***
-60 kg (final) erkaklar
Florin Bologa (Ruminiya)
Sherzod Namozov (O‘zbekiston)
***
-66 kg (final) erkaklar
Abasli Namig (Ozarbayjon)
Uchqun Quranboev (O‘zbekiston)
***
-57 kg (final) ayollar
Parvina Samandarova (O‘zbekiston)
Sevda Valieva (Ozarbayjon)
Eslatib o‘tamiz, Toshkent IBSA Gran-prisi ertaga ham davom etadi. Bellashuvlarni soat 12:00 dan boshlab “Humo arena”da tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar