Toshkent katta xalqaro musobaqaga mezbonlik qiladi

Unda tashkilotga a’zo milliy federatsiya va assotsiatsiya vakillari ishtirok etishdi. Yurtimiz nomidan O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi raisi Alisher Alimov mazkur Kongressda qatnashdi.

Bugun, 8 iyun kuni Astana shahrida Osiyo-Okeaniya sambo uyushmasining navbatdagi Kongressi tashkil etildi.

ANV_2750.jpeg

Kongress davomida bir qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shu jumladan, oldinda turgan musobaqa mezbonlari ham aniqlandi.

ANV_2739.jpeg

Unga ko‘ra, 2025 yil sambo bo‘yicha Osiyo va Okeaniya chempionati mezbonligi uchun Toshkent shahri da’vogarlik qilgandi. Unga ko‘ra, poytaxtimiz varianti bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.

ANV_2857.jpeg

Shu tariqa, 2 yildan keyingi Osiyo-Okeaniya chempionati O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi.

ANV_3012.jpeg

Yoshlar siyosati va sport vazirligi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!