Toshkent shahar ITKF karate-do terma jamoasi erishgan muvaffaqiyatlari uchun munosib taqdirlandi

CHERY AUTO

4-6 yanvar kunlari Hindistonning Andra-Pratesh shahrida ITKF karate-do bo‘yicha klublar o‘rtasida xalqaro turnir o‘tkazildi. “Kata” yo‘nalishida onlayn tarzda tashkil etilgan ushbu musobaqa o‘smir-yoshlar va kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur turnirda Toshkent shahri jamoasi ham ishtirok etib, ajoyib natijani qayd etdi. Jumladan, toshkentliklar 5 ta oltin, 3 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Kecha, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ushbu sporchilarimizni taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

shuxa aka1

Ushbu tadbirga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining o‘rinbosari Sarvar Dehqonovich Mamayusupov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar “Kamalak” bolalar tashkiloti bosh koordinatori Zuhra Narzullaevna Saidova, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi direktori Ravshan Mahkamboevich Nig‘matov sportchilarga o‘zlarining qimmatli maslahatlari va takliflarini bildirishdi.

Shuningdek, so‘zga chiqqan O‘zbekiston ITKF karate-do federatsiyasi raisi Shuhratjon Kushmuratov barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirgan holda, ushbu sport turini yurtimizda yanada rivojlantirish ishlari izchil ravishda olib borilayotganligi va hali ulkan muvaffaqiyatlar oldinda ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Yakunda, xalqaro turnirda yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan karate ustalari munosib ravishda taqdirlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!