
Toshkentda darvozabonlar murabbiylari uchun OFKning Level-1 o‘quv kurslari boshlandi
Mazkur o‘quv kurslari "Chig‘atoy" sport majmuasida bo‘lib o‘tmoqda.
Kurslarda OFKning kamida "S" sertifikatiga ega bo‘lgan 20 nafar darvozabonlar murabbiylari ishtirok etyapti. Kurs qatnashchilari orasida G‘ayrat Hasanov, Valeriy Karpenko, Timur G‘aniev, G‘ayrat O‘daev kabi murabbiylar bor.
O‘quv kurslarida eronlik mutaxassis Jalol Basharzod Mahbubiy instruktor sifatida faoliyat yuritmoqda. Koordinator - O‘FA etakchi mutaxassisi Davron Qudratullaev.
Level-1 o‘quv kurslarini tashkil qilishdan asosiy maqsad, mamlakatimizda kuchli darvozabonlar murabbiylarini tayyorlashdan iborat.
O‘quv kurslari 16 martga qadar davom etadi. Yakunda imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan murabbiylar OFKning Level-1 sertifakatlari hamda O‘FAning 3 yilga mo‘ljallangan litsenziyalarini qo‘lga kiritishadi.
Fikrlar