Toshkentda FIFA seminari o‘tkazildi

  • 1 oktabr, 14:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkent shahrida FIFA murabbiylarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan amaliy mashg‘ulotlarni baholash bo‘yicha seminar o‘tkazildi. 
 
Seminar FIFA vakili Oskar Rodriges hamda texnik ekspertlar ishtirokida tashkil etildi. 
 
Unda Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekistondan jami 18 nafar instruktor qatnashdi. 
 
Seminar davomida FIFA mutaxassislari ishtirokchilarning amaliy va nazariy mashg‘ulotlarini baholab bordi. Yakunda esa barcha instruktorlarga FIFA tomonidan maxsus sertifikatlar topshirildi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!