Toshkentda Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi musobaqa boʻlib oʻtadi
Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi litsenzion musobaqalarga mezbon davlatlar aniqlab olindi.
Quvonarlisi, poytaxtimiz Toshkent shahri 2027 yil o‘tkaziladigan jahon litsenzion turnirini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu bo‘lajak Olimpiadaga yo‘llanma beruvchi 5 musobaqadan biri bo‘lib, unda dunyoning eng kuchli atletlari jam bo‘ladi. Bellashuvlar “Olimpiya shaharchasi”da tashkil etilishi kutilmoqda.
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.
Fikrlar