Toshkentda ot yo‘rtirish bo‘yicha xalqaro turnirlar bo‘lib o‘tdi
Toshkentda ot sportining turli yo‘nalishlari bo‘yicha nufuzli musobaqalar o‘tkazilmoqda. Kuni kecha ot yo‘rtirish bo‘yicha CDI3* va CDI1* tasnifidagi xalqaro turnirlar yakunlandi.
CDI3* tasnifidagi musobaqaning katta sovrini hamyurtimiz Alina Shevsovaga nasib etdi. Sportchimiz “Zamperoni” laqabli otida Gran-pri sovriniga ega chiqdi.
Ahamiyatlisi, Shevsova CDI1* yo‘nalishida ham eng yuqori ball jamg‘arishga erishdi. Ushbu dasturda unga “Nosito De Muze” tulpori hamrohlik qildi. Shuningdek, Feruza Abdullaeva “Lider” oti bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar