Toshkentning "Lokomotiv" klubi "Braga"ning sobiq murabbiyi bilan necha yillik shartnoma imzoladi? U ishlagan Portugaliya klubi Evropa ligasi finalida o‘ynagan

  • 7 yanvar, 2021, 20:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha soat avval, Toshkentning "Lokomotiv" klubi portugaliyalik murabbiy bilan kelishuvga erishgani borasida xabar bergandik. Klub matbuot xizmati shu paytgacha Portugaliyaning "Braga" klubida yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelgan Mikael Sekeyra "temiryo‘lchilar" bilan 2 yillik bitimga imzo chekkanini ma’lum qildi. 2011 yil UEFA Pro litsenziyasini qo‘lga kiritgan mutaxassis ushbu mavsumdan "Lokomotiv" PFK bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi.

Tecno

photo_2021-01-07_17-41-08

47 yoshli murabbiy 2006-2008 yilgi mavsumlarda "Braga" klubini bosh murabbiy sifatida boshqargan. 2010/2011 yilgi mavsumda aynan shu jamoada bosh menejer bo‘lib faoliyat yuritgan.

Mikael Sekeyra uchun Osiyo begona emas. Chunki portugaliyalik mutaxassis 2018-2019 yilgi mavsumda Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" klubida U-21 jamoasi bosh murabbiyi bo‘lish bilan birga asosiy tarkibda Rui Vitoriaga yordamchi murabbiy sifatida ish olib borgan.

Murabbiy erishgan yutuqlar haqida shuni aytish mumkin, Mikael Sekeyra "Braga" bosh menejeri bo‘lib ishlagan yil jamoa Evropa ligasi finalida o‘ynagan. Osiyodagi faoliyatida esa "Al-Nassr" bilan Saudiya Arabistoni chempionligini qo‘lga kiritgan, qolaversa, U-21 jamoasi bilan ham mamlakat birinchiligida zafar quchgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!