“Manchester Siti” baribir shu futbolchini oladigan bo‘ldi

  • 28 iyul, 16:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”da yangi mavsum oldidan Xosep Gvardiola boshchiligida avlodlar almashinuvi va tarkibni yangilash ishlari davom ettirilmoqda.

Tecno

Hozircha, jamoaning eng nozik nuqtasi o‘ng qanot himoyasi bo‘lib turibdi. “Shaharliklar” bu pozitsiyaga “Nyukasl” vakili Tino Livramentoni taklif qilishni rejalashtirayotgan edi.

Orada manchesterliklar bu fikrdan qaytgangan bo‘lsa-da, vaziyat yana Livramento transferini kun tartibiga qaytardi.

TBR Football nashrining ma’lum qilishicha, “Manchester Siti” 22 yoshli qanot himoyachisi uchun 57 million evrodan ko‘proq mablag‘ taklif etishni rejalashtirmoqda. Chunki Xosep Gvardiola yangi mavsum oldidan o‘ng qanot himoyasini mustahkamlashni talab qilyapti.

Livramento “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Aristokratlar” asosiy tarkibiga kira olmagan o‘yinchi 2021 yili “Sautgempton”ga ko‘chib o‘tgandi. Ikki yildan keyin “Nyukasl” uni 37,2 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!