
"Tottenxem" APLga Sonning chetlatilishi bo‘yicha appelyatsiya berdi
"Tottenxem" Son Xen Minning "Everton"ga qarshi o‘yinda chetlatilishi bo‘yicha appelyatsiya berdi. Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning 79 daqiqasida Son Andre Gomesh oyoqlari orasidan to‘pni olib qolishga uringandi, biroq futbolchi muvozanatni yo‘qotib "shporlar" himoyachisi Serj Ore bilan to‘qnashib ketdi va jiddiy jaroxat oldi.
Xakam avvaliga ko‘pollik uchun Songa sariq kartochka ko‘rsatgan. Ammo Gomeshning jarohati jiddiyligini ko‘rganidan so‘ng koreyalikga qizil kartochka ko‘rsatib o‘yindan chetlatgan edi.
Agar Angliya futbol assotsiatsiyasi Son bo‘yicha qarorni o‘zgartirmasa, koreyalik APL baxslari uchun uch o‘yinga chetlatiladi.
Fikrlar