"Tottenxem" "Bavariya"ga ketgan Keynga kutilmagan o‘rinbosar topdi

  • 13 avgust, 2023, 12:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belgiyaning “Gent” klubiga tegishli bo‘lgan 21 yoshli hujumchi Gift Orban faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega.

Insayder Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, nigeriyalik futbolchining xizmatlariga "Tottenxem" qiziqmoqda. Qizig‘i, "shporlar" Orbanni "Bavariya"ga o‘tgan Xarri Keynga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Gift Orban o‘tgan 2022/2023 yilgi mavsumda “Gent” safida jami 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!