
“Tottenxem” futbolchilari Mourinoga bosh ko‘tardi
Buyuk Britaniya ommaviy axborot vositalari “Tottenxem”da ichki muhit buzilgani haqida yozmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, jamoa o‘yinchilarining bir guruhi bosh murabbiy Joze Mourinoga norozilik bildirmoqda. Ular bosh murabbiyning jamoa yulduzlari Dele Alli va Garet Beylga munosabatini hazm qila olmayapti. Yaqinda portugaliyalik mutaxassis har ikki futbolchini qattiq tanqid qilgandi.
Bundan tashqari, klub rahbariyati Joze Mourinoni iste’foga chiqara olmasligi ham futbolchilarga bosim o‘tkazmoqda. Agar “Tottenxem” bosh murabbiyni almashtiradigan bo‘lsa, portugaliyalik mutaxassisga katta miqdorida kompensatsiya to‘lashi kerak bo‘ladi. Mutaxassislar “Tottenxem” premer-liganing oxirgi beshta o‘yinidan to‘rttasida mag‘lubiyatga uchraganini aynan bosh murabbiy va futbolchilar o‘rtasidagi kelishmovchilikka bog‘lamoqda.
Fikrlar