
"Tottenxem" futbolchisi qamoqqa olindi
Britaniya nashrlari "Tottenxem" klubi chap qanot himoyachisi Denni Rouz qamoqqa olingani haqida yozmoqda.
The Telegraph tarqatgan xabarga ko‘ra, Nortgempton politsiyasi avtomagistralda avariya sodir etgani uchun 30 yoshli futbolchini qo‘lga olgan. Kecha 23 dekabr kuni “shporlar” a’zosi katta tezlikda harakatlanish oqibatida avtomashina boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l transport hodisasi sodir qilgan. Avariya natijasida Rouzga jiddiy jarohat etmagan. Ammo u avtomobilni xavfli boshqarishda ayblanmoqda.
Rouz joriy mavsum “Tottenxem” safida birorta ham o‘yinda ishtirok etgani yo‘q. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi iyunda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar