"Tottenxem" himoyachisi faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin
"Bavariya" qishki transferlar oynasida o‘z tarkibiga bitta himoyachi qo‘shib olishni maqsad qilgan va klub radarida "Tottenxem" vakili Erik Dayer ham bor, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Angliyalik futbolchi "shporlar"ning kubok doirasida bo‘lib o‘tgan "Byornli"ga qarshi uchrashuvida qaydnomaga kiritilmadi. Sababi, u Germaniyaga yo‘l olishni istamoqda. Shu bilan birga, Dayer myunxenliklar bilan shaxsiy kelishuvga erishib bo‘ldi. Endi tomonlar muzokaralarni boshlashi kerak.
"Tottenxem" ham mazkur oyda bitta himoyachi bilan shartnoma imzolashni istaydi. Londonliklar yangi transferni amalga oshirganidan keyingina Erikka javob bermoqchi. Ayni paytda klub "Jenoa"dan Radu Dragusinni sotib olish borasida muzokaralar olib bormoqda. Ammo kurashda Italiyaning boshqa klublari ham bor.
Dayer 2014 yilda "Sporting"dan "Tottenxem"ga 5 million evaziga kelib qo‘shilgan. "Bavariya" ham himoyachi uchun 5 million evro taklif bilan chiqishi borasida mish-mishlar mavjud.
Fikrlar