"Tottenxem" himoyachisi faoliyatini Chempionshipda davom ettiradi

  • 30.08.2023 20:23
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
"Tottenxem" himoyachisi Jed Spens faoliyatini ijara asosida "Lids"da davom ettiradi. Ijara muddati mavsum so‘nggiga qadar amal qiladi. 

O‘tgan mavsumni Spens "Renn" safida o‘tkazgandi. Futbolchi 16 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta sariq kartochka olgan. Uning "shporlar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar amal qiladi. 

23 yoshli fulbekning "transfermarkt" portalidagi bahosi 10 million evroni tashkil qiladi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!