“Tottenxem” kerakmas oʻyinchidan qutildi

  • 07.08.2026 11:21
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Tottenxem” rahbariyati bosh murabbiy Roberto De Dzerbiga kerak bo‘lmay qolgan markaziy himoyachi Eshli Fillipsning “Midlzbro”ga 20 million funt evaziga o‘tishini kelishib oldi.

Bu yozda “Tottenxem” himoya markazini Yan Pol van Xekke va Markos Senesi bilan kuchaytirdi. Shu bois klub Eshli Fillips hamda jamoa sardori Kristian Romero bilan xayrlashishga tayyor.

Sky Sports ma’lumotiga ko‘ra, Fillips faoliyatini “Midlzbro”da davom ettiradi. Klub dastlab 21 yoshli ingliz futbolchisi uchun 7 million funt to‘ladi, qolgan mablag‘ esa bonuslar ko‘rinishida beriladi.

Shuningdek, “Tottenxem” futbolchining keyingi transferidan tushadigan mablag‘ning 20 foizini olish huquqini saqlab qoladi.

Eshli Fillips 2023 yildan buyon “Tottenxem” tizimida bo‘lsa-da, so‘nggi ikki mavsumni ijaraga asosda “Stouk Siti”da o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!