“Tottenxem” ko‘p gol uradigan yosh hujumchini 99 million yevroga oladi

  • 16.01.2026 10:25
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan Samu Agexova “Portu” tarkibidagi samarali o‘yinlari bilan Evropaning qudratli klublari e’tiborini o‘ziga qaratib kelmoqda. 

Xususan, tarkibini mustahkamlashga bel bog‘lagan “Tottenxem” 21 yoshli to‘purarni olish uchun mablag‘ sarflashdan qochmaydi. Fichajes nashri ma’lumotlariga ko‘ra, “shporlar” ispaniyalik futbolchi uchun “Portu”ga qariyb 99 million yevro miqdorida badal puli ko‘rsatilgan taklif yo‘llagan.

Endi London klubi portugaliyaliklarning javobini kutmoqda. Joriy mavsumda Agexova barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda 16 ta gol urdi. O‘tgan mavsumda esa u 27 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilib, Portugaliyadagi eng sermahsul futbolchilardan biriga aylangandi.

Ispaniyalik hujumchining “Portu” bilan shartnomasi 2029 yilning yarmigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!