"Tottenxem" mag‘lubiyatlar borasida APL klublari orasida "etakchi"ga aylanib oldi
Londonning "Tottenxem" klubi joriy 2019 yilda hozircha 17 ta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.
Opta statistik nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "shporlar" joriy kalendar yilida APL klublari orasida eng ko‘p mag‘lub bo‘lgan jamoa bo‘lib turishibdi.
Qizig‘i, Maurisio Pochettino jamoasi bu yil qancha mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, xuddi shuncha o‘yinda zafar quchdi.
Eslatib o‘tamiz, “Tottenxem” kecha safarda “Brayton”ga 3:0 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Fikrlar