"Tottenxem" Mourinoning iste’fosidan keyingi dastlabki uchrashuvida irodali g‘alabaga erishdi

Angliya Premer-ligasi 29-turining qoldirilgan bahsida "Tottenxem" "Sautgempton"ni qabul qildi. Unda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

30-daqiqada Denni Ings "avliyolar"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda Garet Beyl va Son Xyon-Min tomonidan kiritilgan gollar londonliklarga g‘alaba taqdim etdi. 

3 ochkoni o‘ziniki qilgan "Tottenxem" onlayn jadvalda "Liverpul"ni ortda qoldirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!