
"Tottenxem" qishda Eriksenni sotib yubormoqchi
Londonning "Tottenxem" klubi rahbariyati yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida yarim himoyachi Kristian Eriksen xayrlashishni rejalashtirmoqda.
Evening Standart nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar” mavsum so‘nggida shartnomasi yakunlanadigan va uni uzaytirishni xohlamayotgan daniyalik futbolchini erkin agent sifatida qo‘yib yubormaslik uchun ham uni sotib yubormoqchi. Londonliklar uning transferini 50 mln evroga baholashmoqda.
Aytish lozimki, “Tottenxem” Eriksenga yiliga 12 mln evro maosh taklif qilmoqda, ammo, futbolchi bunga rad javobini bermoqda.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli Eriksen joriy mavsum “Tottenxem” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar