"Tottenxem" "Real"ga o‘z futbolchisini taklif qildi
Xabar qilinishicha, "shporlar" prezidenti Daniel Levi telefon orqali madridliklar bosh direktori Xose Anxel Sanches bilan bog‘langan va Kristian Eriksen xizmatlarini taklif qilgan.
Kristian Eriksen inglizlar bilan shartnoma uzaytirishni rad etgan. Shundan so‘ng "Tottenxem" unga yangi klub qidirishni boshlab yubordi. Klub 27 yoshli futbolchining transferidan 70 mln. evro ishlab olishga umid qilmoqda.
Daniyalik futbolchining shartnomasi 2020 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Eriksen o‘tgan mavsum APLda 35 ta bellashuvda tushib, 8 ta gol urgan.



Fikrlar