
"Tottenxem" so‘nggi 20 yildagi eng ko‘p mag‘lubiyatlarini qayd etmoqda
APLning 33-turida "Tottenxem" o‘z maydonida "Nottingem Forest"ga 1:2 hisobida yutqazdi. Bu jamoa uchun joriy mavsumdagi 18-mag‘lubiyat bo‘ldi.
Postekoglu shogirdlari hozirda 37 ochko to‘plab, turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi. Londonliklar bunchalik ko‘p mag‘lubiyatga oxirgi marta 2003/04 yilgi mavsumda uchragan edi. O‘shanda jamoa APLni 19 mag‘lubiyat bilan yakunlagan.
Qolgan turlarda "Tottenxem" "Liverpul", "Vest Xem", "Kristal Pelas", "Aston Villa" va "Brayton"ga qarshi o‘ynaydi.
Fikrlar