"Tottenxem" uch yildan buyon "Arsenal"ni mag‘lub eta olmayapti
Angliya Premier ligasining 27-turi doirasidagi London derbisida "Tottenxem Xotspur" o‘z maydonida "Arsenal"ga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Shu tariqa "shporlar" rasmiy uchrashuvlarda 2022 yil 12 maydan buyon "Arsenal" ustidan g‘alaba qozona olmayapti. Oxirgi marta "Tottenxem" raqibini 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Shundan beri derbilarda "Arsenal" 7 bor g‘alaba qozondi, yana bir o‘yin durang bilan yakunlandi. Qolaversa, so‘nggi 5 ta uchrashuvning barchasi "kanonirlar" foydasiga hal bo‘ldi.
Hozirda "Arsenal" 28 ta o‘yindan so‘ng 61 ochko to‘plab, chempionat jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Tottenxem" esa 29 ochko bilan 16-o‘rinni egalab turibdi.

Fikrlar