
"Tottenxem" va "Sautgempton" o‘zaro futbolchi almashdi
“Tottenxem” va “Sautgempton” klublari o‘zaro futbolchi almashtirdi.
Unga ko‘ra, “Sautgempton” yarim himoyachisi Per-Emil Xeyberg “shporlar” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Uning transferi esa London klubiga 17 mln evroga tushdi.
“Tottenxem” himoyachisi Kayl Uoker-Piters esa “Sautgempton” tomon yo‘l oldi va u ham yangi jamoasi bilan 5 yillik kelishuvga qo‘l qo‘ydi. Uning transferi esa 13 mln evroga tushdi.
Xeyberg o‘tgan mavsum 38 ta o‘yinda, Uoker esa 15 ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar