"Tottenxem" Vinisiusni ijaraga oldi

  • 02.10.2020 15:30
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Portugaliyaning "Benfika" klubi jamoa hujumchisi Karlos Vinisiusning "Tottenxem"ga ko‘chib o‘tayotganini rasman tasdiqladi.

Xabar berilishicha, "shporlar" braziliyalik forvardni 3 mln evro evaziga mavsum so‘ngiga qadar ijaraga olgan. Shuningdek, londonliklarda uni keyinchalik 45 mln evroga to‘laqonli sotib olish huquqi ham mavjud. Bugun Vinisius tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Angliya poytaxtiga etib keladi.

25 yoshli futbolchi bungacha "burgutlar" safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!