“Tottenxem” xaridori ko‘payib ketgan futbolchisiga “dahshatli” narx belgiladi

  • 22.06.2026 15:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Tottenxem» klubi 25 yoshli markaziy himoyachi Mikki van de Venni qaysi summaga sotishga tayyorligi ma'lum bo‘ldi.

De Telegraaf nashrining xabar berishicha, «shporlar» rahbariyati niderlandiyalik futbolchini 115 million yevroga baholamoqda. Van de Venga Ispaniyaning «Barselona»si va Angliyaning «Liverpul» klublari qiziqish bildirmoqda.

O‘tgan klub mavsumida Mikki van de Ven barcha musobaqalarni hisobga olganda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Uning «Tottenxem» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!